27 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Möynoqdagi konda burğilaş işlari vaqtida katta miqdorda gaz otilib çiqqani, atrofdagi aholidan uydan çiqmaslik söralayotgani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi holat yuzasidan izoh berib, Möynoqdagi quduqdan çiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz ekanini ma’lum qildi.

2025 yil 26 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Möynoq tumani, «Uçsoy» OFY hududida joylaşgan «Möynoq» konida olib borilayotgan burğilaş işlari davomida 5000 metr çuqurlikka möljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr çuqurlikdan gaz çiqişi kuzatildi. Bu quduq – uşbu konda burğilaş işlari boşlangan birinçi quduq hisoblanadi.

Vazirlik ma’lumotida qayd etilişiça, gaz bosimi kutilgan darajadan yuqori bölgani sababli, barça xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda quduqni likvidatsiya qiliş va bosimni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Voqea sodir bölgan paytdan boşlab barça tegişli taşkilotlar – «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi boşçiligidagi Jamiyatga qaraşli «Oçiq neft va gaz favvoralarini oldini oliş va bartaraf etiş böyiça Özbekiston harbiylaştirilgan qismining Markaziy harbiylaştirilgan nazorat otryadi», Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Özbekgeofizika» AJ hamda mahalliy hokimiyat mutasaddilari voqea joyida bölib turibdi.

«Eng asosiysi, uşbu quduq aholi yaşaş joyidan uzoqda va gaz tarkibida oltingugurt yöq bölgan toza metan hisoblanadi. Qayd etiş joizki, Ustyurt hududidagi barça konlardan olinadigan tabiiy gaz tarkibida oltingugurt uçramaydi.

Ma’lumot uçun, ayni damda holatni bartaraf etiş uçun xizmat qilayotgan işçi xodimlar soğliğini saqlaş, şuningdek, atrof-muhit va hayvonot olamiga zarar yetişining oldini oliş maqsadida gaz nazorat ostida yoqib qöyildi.

Heç kim tan jarohati olmagan.

Şu sababli odamlardan vahimaga tuşmasliklarini söraymiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Holat yuzasidan qöşimça axborot berilişi aytilgan.

Hozirça Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu borada ma’lumot bermadi.