Professor 2014 yilda Alpomiş dostoniga bağişlangan dissertatsiyasini özbek tilida yoqlaydi va Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Fanlar akademiyasining fan doktori maqomiga ega böladi.

U, şuningdek, Seuldagi Dongduk Xotin-qizlar universiteti professori hamda Yevrosiyo Turkşunoslik instituti asosçisi hamdir. Özbek tilidan taşqari ingliz, fransuz, turk, ozarboyjon va turkman tillarida ham bemalol sözlaşa oladi.

O xonim Kun.uz’ning Koreyadagi muxbiri bilan suhbatda mehnat faoliyati, SSSR vaqtida Özbekistonga kela olmagani, keyinçalik kelib Toşkentda yaşagani va özbek tilini örgangani haqida sözlab berdi.

— Professor O, ayting-çi, ayni damda nimalar bilan bandsiz?

— Hozirda Koreya poytaxti Seulda joylaşgan Dongduk Xotin-qizlar universitetida professor bölib işlayman. Şu bilan birga, Yevrosiyo Turkşunoslik institutining asosçisi va rahbari sifatida ham faoliyat olib boraman.

Bu institut Koreyada turkşunoslik ilmi bilan şuğullanadigan, turk mamlakatlarini örganuvçi va şu mavzuda ilmiy tadqiqotlar qiluvçi yagona institutdir. Faoliyatimiz keng, masalan, biz yilda ikki marotaba turkça va özbekça darslar taşkil etib, şu tillarni örganmoqçi bölgan insonlar, jumladan, talabalar, olimlar, biznes vakillari va boşqalarga tillarni örgatamiz. Bundan taşqari, turkşunoslik böyiça tadqiqot qilayotgan professor-olimlarni institutga taklif qilib, bir oyda bir marotaba seminarlar ötkazamiz.

Şu örinda men dars beradigan Dongduk Xotin-qizlar universiteti haqida ham ozgina töxtalib ötmoqçiman. Xotin-qizlar deganda, şu söz köpçilikning e'tiborini tortişi mumkin. Nomidan kelib çiqib aytiş mumkinki, bu yerda faqat qiz va ayol talabalar tahsil oladi. Universitetga 1908 yilda asos solingan. Bu davrda Çoson sulolasi kuçsiz bölib ketayotgan vaqtda, bizning davlat yetakçilari va vatanparvar insonlar xotin-qizlarga ta'lim berişning qançalik ahamiyatga ega ekani haqida öylaşgan. Sababi, u vaqtlarda koreys xalqi juda konservativ bölgani uçun ota-onalar qizlarini öğil bolalar bilan birga maktabda öqimasin, deb maktabga jönatmagan. Şu sababli, faqatgina qizlar ta'lim olişi uçun bir imkoniyat yaratiş maqsadida “Bir ayol kişini öqitiş, yuzta erkak kişini öqitişdan köra ahamiyatliroqdir”, deya ta'lim muassasasi oçişga qaror qilişgan.

Bu yil biz qilayotgan eng katta işlardan biri – turkşunoslik ensiklopediyasini yaratiş. Masalan, Turkiya, Ozarboyjon, Özbekiston, Qozoğiston kabi turk mamlakatlari böyiça ularning til, adabiyot, folklor, san'at, til kabi gumanitar fanlarini örganib, ular haqida ma'lumotlar yiğib, katta ensiklopediya qiliş niyatidamiz. Bu işga çet el mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan turli olimlar ham katta yordam berişadi. Şuningdek, Koreyada mavjud turk mamlakatlari elçixonalari ham hamkorlik qilişadi.