Mamlakatda harbiy holat joriy qilişga urinişdan keyin Yun Sok Yolga nisbatan isyon va davlatga xiyonat gumoni bilan tergov olib borilayotgan bir paytda, u Şimoliy Koreyani harbiy tajovuzga undaşga uringan. Bu haqda 2024 yil dekabrda Koreya Respublikasida harbiy holat masalasi böyiça işni olib borayotgan maxsus prokuror Ço In Sok brifingda ma’lum qildi. Maxsus prokuror sözlarini Reuters agentligi duşanba kuni, 15 dekabrda keltirdi.
Ço In Sokning aytişiça, Yun Sok Yol şu yöl bilan harbiy holat rejimi haqida e’lon qilişini oqlaş va siyosiy raqiblarini çetlatişga umid qilgan.
Maxsus prokuror jamoasi isyonda iştirok etgan, degan gumon bilan 24 kişiga, jumladan sobiq prezidentning öziga va sobiq hukumat a’zolaridan beş nafariga ayblov qöygan.
Huquq-tartibot idoralari versiyasiga köra, Yun Sok Yol Janubiy Koreya dronlarini Şimoliy Koreya tomon uçirişni buyurgan — maqsad jang harakatlarini qözğatiş va buni Janubiy Koreyada harbiy holat joriy etişga bahona sifatida işlatiş bölgan. Janubiy Koreya dronlari KXDR poytaxti Pxenyan yaqinida qulagan. Tergov fikriça, Yun harbiy ma’lumotlarni uzatiş orqali “duşmanga foyda keltirgan”.
2024 yil dekabri boşida Janubiy Koreyada budjet böyiça bahslar fonida Yun Sok Yol kutilmaganda mamlakatda harbiy holat joriy etilişini e’lon qilganidan söng siyosiy inqiroz yuzaga kelgan. U bu qadamni muxolifatning “davlatga qarşi faoliyati” bilan asoslagan.
Biroq mamlakat parlamenti bu qarorni tasdiqlaşdan boş tortgan va ertasi tongda davlat rahbari uni bekor qilişga majbur bölgan. Deputatlar 2024 yil 14 dekabr kuni Yunga impiçment e’lon qilgan. 2025 yil apreli boşida bu qarorni mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tasdiqlagan.
Yun Sok Yol 15 yanvar kuni ikkinçi urinişda hibsga olingan — birinçi uriniş uning qöriqçilari qarşiligi sababli muvaffaqiyatsiz çiqqan. Avvaliga sud sobiq davlat rahbarini qamoqqa olişni belgilagan, ammo 8 mart kuni himoya tomonining iltimosnomasini qanoatlantirib, uni qamoqdan ozod qilgan. Siyosatçi hali ham tergov ostida.


















