Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 iyul kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi
30 iyul kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 32-37 daraja issiqni tashkil etadi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/ s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.