O‘zbekiston | 08:02 / 30.07.2021
6739
1 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narx-navolar e'lon qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi ma'lum qilindi.

2021 yil 28 iyul holatiga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek:

  • qo‘y go‘shti (1 kg) 52 000 – 80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) 1 500 – 5 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) 800 – 3 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) 2 500 – 10 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) 5 000 – 14 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) 5 000 – 18 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) 14 000 – 24 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) 7 500 – 9 000 so‘m.

Mavzuga oid