Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida hokimiyat mashinalariga qanday seriyadagi raqamlar berilgani ma'lum bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida hokimiyat mashinalariga yangi seriyadagi raqamlar tarqatilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 29 aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli mashinalar yangi tipdagi davlat raqamida harakatlanishi shart.

Qayd etilishicha, yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati, tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlariga yangi tipdagi DAV seriyali davlat raqamlari tarqatilgan.
Ma'lumot uchun, bundan avval Qashqadaryo viloyatida barcha hokimiyatlarga tegishli mashinalar QAA seriyali davlat raqamlari bilan harakatlangan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan davlat organlari xizmat mashinalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026