Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio-2020. Zoirov va Abduraimov chorakfinal uchun ringga chiqadi
31 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning sakkizinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Ertangi bahslarda O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahslarda qatnashadi, yana ikki bokschi nimchorak finalda jang qiladi.
Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari taqvimi:
7:25. Dzyudo. Jamoaviy bellashuvlar. O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya dzyudo jamoasiga qarshi;
7:30. Boks. -52 kg. Shahobidin Zoirov kabo verdelik Daniel David Varelaga qarshi;
8:50. Boks. -63 kg. Elnur Abduraimov tojikistonlik Bahodur Usmonovga qarshi;
8:00. O‘q otish. Muxtasar Tohirova 50 metr masofaga 3 xil holatda o‘q otish bo‘yicha.

Yettinchi kungi bahslarni ham o‘zbekistonlik sportchilar medalsiz yakunlashdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi bir oltin va bir bronza olgan holda umumiy reytingda Estoniya va Irlandiya bilan 31-33-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.




