Jahon | 21:59 / 30.07.2021
4282
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yong‘in o‘choqlarining aksariyatini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi 

Turkiyada o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilar 81ta yong‘in o‘chog‘idan 70tasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bunday ma'lumotlarni Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bakir Pokdamirli keltirib o‘tdi.

Foto: Arif Kaplan/IHA via AP

“Ayni vaqtda 81ta yong‘in o‘chog‘idan 70tasi bartaraf etildi. Yong‘in bilan kurash Adan, Antalya, Izmir, Mersin, Muglada davom etmoqda”, deb ma'lum qilgan Pokdamirli.

 Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashga barcha kuchlarni safarbar etganini ma'lum qilgan. Turkiya prezidenti ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inlarni o‘chirishga 1,1 mingdan ko‘proq texnika, jumladan Rossiyaning 3ta Be-200 samolyot-amfibiyasi jalb qilingan.    

O‘rmon yong‘inlarining yuzaga kelishiga yuqori harorat va kuchli shamollar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq hukumat Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi tomonidan o‘rmonlarga qasddan o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmayapti.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid