Sport | 20:36 / 31.07.2021
10975
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Tokio Olimpiadasini birorta ham medal olmasdan tark etadigan bo‘ldi

Ushbu Olimpiadaga Tojikistondan o‘n nafar sportchi borgandi.

31 iyul kuni Tojikiston olimpiya delegatsiyasining so‘nggi sportchilari – bokschi Bahodir Usmonov va yengil atletikachi Eldor Ahmadiyev Tokio Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.

Bahodir Usmonov chorakfinalda O‘zbekiston vakili Elnur Abduraimovga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eldor Ahmadiyev 100 metrga yugurish musobaqasida 26 ishtirokchi orasida 12-o‘rinni egalladi.

Shunday qilib, tojikistonlik barcha sportchilar Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi va medalga erishish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Ushbu Olimpiadada Tojikistondan o‘n nafar sportchi qatnashdi. 

23 iyulda boshlangan Olimpiada o‘yinlari 8 avgustda nihoyasiga yetadi. Musobaqalarda Xitoy 21 oltin, 13 kumush va 12 bronza medali bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda 17 oltin, 5 kumush va 8 bronza medali bilan Yaponiya joylashgan. AQSh sportchilari 16 oltin, 17 kumush va 11 bronza medali bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston 1 oltin va 1 bronza medali bilan 36-o‘rindan joy olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid