Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlangan shaxs ushlanganini ma'lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 31 iyulda Turkiyada o‘rmonlarga o‘t qo‘yishga aloqadorlikda gumonlangan shaxs ushlanganini ma'lum qildi.
“Milasda yong‘inlarga aloqador bir kishi ushlandi. Men aytganimdek, terrorchi tashkilotlar yetakchilari o‘rmonlarga o‘t qo‘yishga ko‘rsatma bergandan keyin o‘rmon yong‘inlari maydoni 2 marta oshdi. Hozirgi yong‘inlardan ba'zilari ushbu buyruqlarga ko‘ra yuz berganini istisno qilmaymiz. Bizning burch – o‘rmonlarni va o‘pkalarimizni yoqqanlarni aniqlash”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Avvalroq Turkiya prezidenti yong‘inlarning sabablarini tergov qilish davomida o‘rmonlarga qasddan o‘t qo‘yilgani versiyasi ham ko‘rib chiqilishini aytgan. “Biz yong‘inlar sabablarini sinchkov tergov qilmoqdamiz. O‘z vataniga o‘t qo‘yishga qodir sotqinlar bo‘lsa, ular qattiq jazolanadilar”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi 31 iyul kechki paytga kelib o‘rmon yong‘inlarining aksariyatini nazorat ostiga olishga va bartaraf etishga muvaffaq bo‘linganini aytgan.
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari 28 iyulda Antalya viloyatining Manavgat kurort shahri yaqinida boshlangan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, yong‘in chiqishiga issiq havo sabab bo‘lgan. 29 iyulda mamlakatning bir qator boshqa viloyatlari, jumladan Oydin va Mug‘luda ham yong‘inlar chiqqan.
Mutaxassislarning fikricha, yong‘inlar chiqishiga yuqori harorat va kuchli shamollar asosiy sabab hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026