Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati vakillari toliblar bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdi
Germaniya hukumati vakillari Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bild nemis nashrining xabar berishicha, uchrashuv 31 iyulda yashirin tarzda o‘tkazilgan. Germaniya tashqi ishlar vazirligi uchrashuv bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu uchrashuv AQSh bilan kelishilgan holda o‘tgan. Unda Germaniyadan mamlakatning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Yasper Vik ishtirok etgan. Uchrashuv Germaniya federal razvedka xizmati tomonidan tashkillashtirilgan. Unda tomonlar Afg‘onistondagi insonparvarlik tashkilotlarining germaniyalik xodimlari xavfsizligi ta'minlanishi hamda Afg‘onistondagi xalqaro amaliyot vaqtida bundesver va Germaniya federal politsiyasiga ko‘mak ko‘rsatgan afg‘onlar taqdirini muhokama qilishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda Germaniya kuchlari bilan hamkorlik qilgan 700ga yaqin afg‘on bor. Ulardan 500ga yaqini Germaniyaga ketish istagini bildirgan.
Germaniya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, Yasper Vik Dohadagi uchrashuv oldidan Kobulda Afg‘oniston hukumati vakillari bilan ham uchrashgan. Uchrashuvda Afg‘onistonaro muzokaralarni tiklash va mamlakatda tinchlik o‘rnatish masalalari muhokama qilingan.
Joriy haftada “Tolibon” vakillarining Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgandi. Xitoy vakili uchrashuv davomida Pekin “Tolibon” Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni tiklashda muhim omilga aylanishiga umid qilayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
17:37 / 09.06.2026