Jahon | 19:10 / 02.08.2021
4168
1 daqiqa o‘qiladi

Madagaskarda prezidentga qarshi fitna uyushtirishda gumonlanib 21 kishi hibsga olindi

Ma'lumot berilishicha, qo‘lga olinganlar orasida besh nafar general hamda to‘rt nafar xorij fuqarosi bor.

Andri Radzuelina / Foto: Reuters

Madagaskarda mamlakat prezidenti Andri Radzuelinani o‘ldirish maqsadida til biriktirishda gumonlanib 21 kishi, jumladan, 12 nafar harbiy qo‘lga olindi. Bu haqda bosh prokuror Bertinu Razafiarivuniga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.

"Tergovchilar fitna tashkilotchilarini aniqlash imkonini bergan ishonchli ashyoviy dalillarni qo‘lga kiritdi. Aloqador shaxslar qo‘lga olindi", dedi u.

Agentlikning ma'lumot berishicha, qo‘lga olinganlar orasida besh nafar general hamda to‘rt nafar xorij fuqarosi bor. Dastlabki hibslar 20 iyulda amalga oshirilgan.

Jeune Afrique nashriga ko‘ra, fitna ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Fransiya fuqarosi Pol Rafanuxarana avvalroq bir necha million dollar berishlarini so‘rab Madagascar Oil kompaniyasiga murojaat qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid