Afğonistonda AQŞ qöşinlari olib çiqilgandan keyin “qonli fuqarolik uruşi” boşlanişi mumkin. Bunday fikrni MRBning sobiq rahbari va Afğonistondagi xalqaro kuçlarga 2010-2011 yillarda qömondonlik qilgan iste'fodagi general Devid Petreus bildirdi.
“Afğonistondagi eng yomon ssenariy şundan iboratki, biz “Tolibon” ustunlik qilgan 1990-yillardagi kabi qonli, şafqatsiz fuqarolik uruşini körişimiz mumkin”, deb aytgan Petreus The Times naşriga bergan intervyusida.
Generalning ta'kidlaşiça, Vaşington Afğonistonda qöşin qoldirsa, bunday vaziyatning oldini olgan bölardi. Uning aytişiça, AQŞ Afğonistondan qöşinlarni olib çiqib, özi kuraşgan qadriyatlardan voz keçmoqda.
“Qolgan dunyo biz butun dunyoda ilgari suradigan demokratiyani va qadriyatlarni – inson huquqi, ayniqsa ayollar huquqi, ta'lim oliş huquqi, söz va matbuot erkinligini qöllab-quvvatlamayotganimizni köradi”, deb aytgan iste'fodagi general.
Uning aytişiça, agar toliblar hokimiyatni egallasa, unda “Al-Qoida”ning qaytişi ehtimoli bor. “Al-Qoida” yaqin istiqbolda AQŞ va Yevropaga tahdid qila oladi, deb öylamayman. Bizning razvedka xizmatlarimiz va harbiylarimiz buning ortidan kuzatuv olib boradi”, deb ta'kidlab ötgan Petreus.
Bundan taşqari, Pokiston va boşqa qöşni davlatlarga millionlab afğon qoçqinlari yöl oladi. Şuningdek, mahalliy aholining, ayniqsa ayollarning huquqlari keskin çeklanadi. “Dunyo buni körişni istayapti, deb öylamayman”, deb qöşimça qilgan MRBning sobiq rahbari.
Uning ta'kidlaşiça, AQŞ Afğonistonda qöşin qoldirganda, “Tolibon” bilan muzokaralarda kuçli pozitsiyaga ega bölardi.
“Tolibon” heç kimning manfaatiga javob bermaydigan ultrakonservativ teokratiyaga qaytişiga tösqinlik qiliş uçun aqalli 3,5 ming harbiy qoldiriş haqida öylab körmaganimiz, men uçun biroz tuşunarsiz”, deb ta'kidlab ötgan Petreus.
Uning fikriça, bu harbiylar yordamida Afğonistondagi fuqarolik uruşining oldini oliş mumkin bölardi, yuzaga kelgan vaziyatda esa “uruş davom etaveradi va borgan sari battarlaşadi”.

















