Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Belarus bilan chegarada 510 kilometrlik to‘siq o‘rnatmoqchi
Litva davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati Belarus bilan chegarada 4 metr balandlikda to‘rsimon to‘siq o‘rnatishni taklif qildi. To‘siq uzunligi deyarli 510 kmni tashkil qiladi, uni o‘rnatish esa 152 mln yevroga aylanadi, deb xabar berdi Delfi nashri.
Chegara xizmati rahbari o‘rinbosari Vidas Machaytisning ta'kidlashicha, to‘siq ustida tikanli sim o‘rnatiladi. Uning aytishicha, to‘siqni kesish oson bo‘lmaydi.
Avvalroq xizmat chegarada toshli devor qurishni rejalashtirgan, biroq yo‘nalish bo‘ylab botqoqlar borligi sababli ushbu g‘oyadan voz kechgan.
Litva ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, chegarada to‘siq qurish va kuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun yarim milliard yevro talab etilishi mumkin.
Hozirda Belarus orqali Litvaga ko‘p sonda noqonuniy muhojirlar o‘tmoqda. Litva bunda Belarusni ayblamoqda. Davlat chegara xizmati vakilining ta'kidlashicha, muhojirlar avvallari chegarani tungi vaqt va videokameralar yo‘q bo‘lgan joylarda kesib o‘tgan bo‘lsa, hozirda buni butun chegara bo‘ylab va kunning istalgan paytida amalga oshirmoqda.
Ta'kidlanishicha, Belarus oxirgi vaqtda Iroqdan reyslar sonini keskin ko‘paytirgan. Minsk aeroportidagi parvozlar jadvali Belarus muhojirlarni ataylab olib kelib, migratsiya inqirozini yuzaga keltirish uchun ularni Litvaga jo‘natayotganidan darak bermoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
09:15 / 18.04.2026
Zelenskiy Minskka keskin signal yo‘lladi
12:23 / 24.03.2026