O‘zbekiston | 08:03 / 05.08.2021
2507
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40 daraja issiqni, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba'zi joylarda 42 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 37-39 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid