Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga qurol yetkazish hajmini oshirdi
Rossiya Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgani ortida terrorchilik tahdidlariga tegishli javob berish uchun Markaziy Osiyo davlatlariga qurol va texnika yetkazish hajmini oshirdi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Toshkentda o‘zbekistonlik hamkasbi Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
Gerasimovning ta'kidlashicha, mintaqada vaziyatning keskinlashganiga javob berish va terrorchilik tahdidlarini qaytarish bo‘yicha harakatlarni sayqallash maqsadida O‘zbekiston va Tojikiston hududlarida bir qator qo‘shma mashg‘ulotlar rejalashtirilgan.
“Harbiy-texnik yordam doirasida qo‘shimcha qurol, texnika va harbiy mulkni yetkazish tashkillashtirildi”, deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya vakili.
Uning ma'lum qilishicha, Rossiya O‘zbekiston qurolli kuchlarini takomillashtirishda metodik yordam ko‘rsatmoqda va Rossiya harbiy oliy ta'lim muassasalarida o‘zbekistonlik malakali kadrlarni tayyorlamoqda.
Ayni vaqtda rossiyalik harbiylar ishtirokida O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” va Tojikistonning Xatlon viloyatidagi “Harb-Maydon” poligonlarida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:56
Rossiya Tergov qo‘mitasi AZAL samolyoti halokati bo‘yicha tergovni to‘xtatdi
09:26
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
08:40
Putin Ukraina bilan qisman “hudud almashinuvi”ga tayyor
16:39 / 26.12.2025