Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ham kirish imtihonlari boshlandi
6 avgust kuni Andijon shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining asosiy va qo‘shimcha o‘yingohlarida OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi.
Birinchi kungi ertalabki soat 7 va kechki soat 19:00da o‘tkazilgan test sinovlarida 6207 nafar abituriyent qatnashdi.
Abituriyentlar imtihonga ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari tomonidan taqiqlangan buyumlar mavjud emasligi bo‘yicha tekshirilib, zararsizlantirish yo‘lagidan o‘tgach kiritildi.





“Bu yil Andijon viloyatidan oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun 55 ming 555 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Har bir smenada 3330 abituriyent imtihon topshirishi uchun joy hozirlaganmiz.





Ikki smenadagi sinovlar kunning erta tong va kechki paytdagi eng salqin vaqtiga belgilangan. Abituriyentlarni xavfsizlik niqoblari, ichimlik suvi va kepkalarlar bilan ta'minlayapmiz”,– deydi Davlat test markazining Andijondagi vakili Nizomiddin Toshtemirov.






Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov
Mavzuga oid
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
08:43 / 22.04.2026
Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi
23:33 / 17.04.2026