Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimi joriy etiladi
“Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2021–2022 o‘quv yilidan respublikaning barcha hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.
Qaror bilan Maktabgacha ta'lim mobil guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mobil guruhlar zamonaviy talablarga javob beradigan va belgilangan normativlarga muvofiq qayta jihozlangan maxsus avtotransportlar – avtobuslar bazasida tashkil etiladi.
Bir mobil guruhdagi bolalar soni kamida 16 nafar, ko‘pi bilan 30 nafar bo‘lishi lozim. Mobil guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
- bolaning qonuniy vakillari arizasi;
- tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari tomonidan beriladigan yo‘llanma;
- bola sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotnoma.
Mobil guruhlarda o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan kelgusi yilning 31 mayigacha hamda yozgi sog‘lomlashtirish davri 1 iyundan 31 avgustgacha hisoblanadi. 1 smenadagi mashg‘ulotlar davomiyligi 3 soatgacha bo‘lishi lozim.
Mobil guruhlarda davlat maktabgacha ta'lim xizmatlari bepul ko‘rsatiladi. Mobil guruhlarning ish tartibi 1 kunda 3 smenagacha, hafta davomida 6 kungacha amalga oshirilishi mumkin.
2019 yil 18 sentyabrdagi hukumat qaroriga asosan, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, tegishli 13 ta tumanda zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida mobil guruhlar tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
20:14 / 04.02.2026
“Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i shakllantiriladi
13:39 / 27.01.2026