Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bax pandemiya sharoitida Olimpiada o‘tkazgani uchun Yaponiyaga minnatdorchilik bildirdi
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Yaponiya hukumati va xalqiga koronavirus pandemiyasi sharoitida Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘yinlarning yopilish marosimida aytib o‘tdi.
“Shunday murakkab vaziyatda siz dunyoga umid bahsh etmoqdasiz. Pandemiya boshlanganidan beri dunyo birinchi marta birlashdi, sayyoramizning barcha odamlarini his-tuyg‘ular birlashtirdi va bularning barchasi bizga umid bag‘ishlaydi. Barcha sportchilar nomidan Yaponiyaga minnatdorchilik bildiramiz. Barcha ko‘ngillilarga ham rahmat, sizning tabassumingiz qalbimizni isitadi”, dedi Bax.
“Bu misli ko‘rilmagan Olimpiya o‘yinlari bo‘ldi. O‘yinlar o‘tkazilishi uchun XOQ va yaponiyalik do‘stlarimizning ancha mehnatlari ketdi. Albatta, men o‘z majburiyatlariga sodiq qolganlari uchun Yaponiya hukumatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ajoyib voqea. Biz tashkiliy qo‘mitaga chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz, hali hech kim muddati ko‘chirilgan o‘yinlarni o‘tkazmagan edi”.
Tokio o‘yinlarida 339ta mukofotlar to‘plami o‘ynaldi. Medallar soni bo‘yicha AQSh jamoasi (39-41-33) g‘alabani qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni Xitoy (38-32-18), 3-o‘rinni Yaponiya (27-14-17)va 4-o‘rinni Buyuk Britaniya (22-21-22) egalladi. O‘zbekiston 3ta oltin va 2ta bronza medal bilan 32-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
11:30 / 09.07.2025
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
10:23 / 09.07.2025
O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
16:56 / 23.06.2025
XOQ yangi rahbari rasman faoliyatini boshladi
22:38 / 10.08.2024