15:24 / 08.08.2021
5797

“Bolamni bag‘rimga bosa olmayman”: oqqon iskanjasida azob chekayotganlar

Dunyoda farzandday shirin ne'mat yo‘q. Uni bag‘ringga bosish, sog‘-salomat yoningda ko‘rish nechog‘li baxt ekanligi hammamizga ayon. Ularga qarab ko‘zimiz quvonadi. Ammo shunday onalar borki – o‘z farzandlarini mahkam qucha olmaydi, shunday onalar borki – bolasini quchganda uning bu dunyoda omonat yashab turganidan iztirobga tushadi.

 

O‘z bolasini bag‘riga bosa olmayotgan ona iztirobi

“Bu kasallikni tasavvur ham qilolmasdim. Birdan ikkala oyog‘im og‘rib, ishlamay qoldi. O‘lib qolsam kerak, deb o‘yladim. Eng yomoni 5 oylik bolam uyda qolib ketdi. Uyga borganimda bolalarimni bag‘rimga bosa olmayman, qiynalib ketaman” ko‘z yoshlarini tiya olmay gapiradi Sayyora Nazirova. Onasi Donoxon opa qizining xastaligidan bir kuysa, nabiralarining taqdiridan ming xavotirda. Uning tuzalib farzandlariga bosh bo‘lib yurishidan umid qilib yashayapti.

Sayyora Nazirovaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0424 6803 3021 qaynotasi Anvar Ortiqov nomida

Sberbank: 4187 8000 0033 9416 turmush o‘rtog‘i Akmal Ortiqov nomida

Telefon: +998916666088

 

Shifokor bo‘lishga tayyorlanayotgan yigit shifoga muhtoj

Shifokor bo‘lishni niyat qilib oliygohga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qobiljonning rejalari oqqon sabab o‘zgarib ketdi. O‘qish jarayonida boshlangan xastalikni bu qadar kuchli yov ekanligini xayoliga ham keltirmagan yigit yengilishni o‘ylamayapti. Ayni paytda abituriyent bo‘lib, o‘z orzulari sari intilyapti. “Boshim og‘riyapti deb, bizga aytmay dori ichib yurgan ekan. Shifoxonaga borsak shunaqa tashxis qo‘yishdi. O‘zimizni qo‘yarga joy topolmay qoldik. Hech banda bunaqa kunni ko‘rmasin” deydi onasi Zamira opa.

Qobiljon Bahriddinovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 0230 8561 Qobiljon Bahriddinov nomida

Sberbank: 4187 8000 0041 6370 Qobiljon Bahriddinov nomida

Telefon: +998991511607

 

Oqqon sabab sog‘ligidan, turmushidan ayrilgan ayol najot istaydi

Sabri va irodasi bilan sinovlardan o‘tayotgan Nilufar 13 yil avval bir oilaning bekasi sifatida juda baxtli edi. Oqqon uni nafaqat salomatligidan, balki turmushidan ham ayirdi. Bugun u ikki qizalog‘i bilan ota uyida – yagona boquvchi bo‘lgan ukasining qaramog‘ida. Singlisi Nazokatning aytishicha, unga faqat ilik ko‘chirish operatsiyasi yordam berishi mumkinligini ma'lum qilishgan.

“Hali qizlarim yosh, ularga ona kerak. Otasiz bo‘lsa ham ularni gulday katta qilaman. Onasiz ularga qiyin bo‘ladi - shu ikki qizim uchun kurashyapman” deya yig‘laydi Nilufar.

Nilufar Akbayevaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 9544 2459 Nilufar Akbayeva nomida

Sberbank: 4006 8000 7030 7425 qarindoshi Azizjon Madaripov nomida

Telefon: +998332713288

 

Ichimdan o‘tayotgan dardni tushuntirib berolmayman

Buxorodan kelib davolanayotgan Ashurbekning bolalik xotiralari reanimatsiya bo‘limlari bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Shifokorlarning harakatlari sabab u bugun o‘z oyog‘i bilan yuradi. Uzoq davolanishlar va viloyatdan kelib ijarada yashash oilaning moddiy holatini og‘irlashtirib qo‘ygan. “Bolam har gal kimyoterapiyalar olayotganida azoblanadi. Bu paytda meni ichimdan o‘tayotgan dardni tushuntirib berolmayman” deydi onasi Feruza. Bemor hali ko‘p bosqichli davolash kurslarini o‘tashi, yaxshi parvarish qilinishi kerak. Buning uchun ularga saxovatli insonlardan ko‘mak lozim.

Ashurbek Murodovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 4124 1328 onasi Feruza Fayziyeva nomida

Sberbank: 4276 3802 2552 7543 qarindoshi Nilufar Rustamova nomida

Telefon: +998935475230

 

Azizlar! Kimningdir dardiga malham bo‘lish - ulug‘ savob. Savoblarimiz ko‘payishi uchun imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaylik. Zero, hech birimizning yaqinlarimiz dardga yo‘liqmasin.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi
Tasvirchi – Azimjon Vohidov.

Mavzuga oid
Top