Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya g‘arbida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi
Turkiya g‘arbidagi Baliqasir shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi va yana 18 kishi jarohat oldi.
Foto: Getty Images
Ma'lum qilinishicha, Baliqasir-Edremit reysini amalga oshirgan avtobus soat 4.40da boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan. Buning natijasida 11 kishi voqea joyida, 3 kishi esa shifoxonada jon bergan. 18 kishi jarohat olib, 5ta shifoxonaga yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, bu Turkiyada oxirgi 2 kun ichida avtobus ishtirokida yuz bergan ikkinchi yirik avtohalokatdir. 7 avgustda Manisa viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 9 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:48 / 06.05.2026
5 kunda 40 ta holat: bolalar buyum emas
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
16:34 / 04.05.2026