Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40 daraja issiqni, janubda ba'zi joylarda 42 daraja issiqni tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38 daraja issiqni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.