Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskvadagi ommaviy mushtlashuvlar bo‘yicha Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida etnik ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni, Rossiya qonunlariga rioya etishni so‘ragan.
“Eslatib o‘tamiz, ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin”, deyiladi ma'lumotda.
Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini o‘rganib, zarur holatda yurtdoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida barcha choralarni ko‘rishi aytilgan.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026