Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:44 / 09.08.2021
14648
1 daqiqa o‘qiladi
«Tolibon» jangarilari Afg‘onistonning Samangan viloyati markazini qo‘lga kiritdi
Ular avvalroq Juzjon, Saripul, Kunduz, Nimro‘z va Tohar viloyatlari markazini egallagandi.
«Tolibon» harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Samangan viloyati markazi – Aybak shahrini egalladi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Bu toliblar qo‘lga kiritgan oltinchi viloyat markazi hisoblanadi.
Ular avvalroq Juzjon, Saripul, Qunduz, Nimro‘z va Tohar viloyatlari markazini egallagandi.
IRNA agentligining qayd etishicha, «Tolibon» jangarilari mamlakatdagi 120 shahar ustidan nazorat o‘rnatgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish