Xitoyda dunyodagi eng mustahkam shisha ishlab chiqildi
Xitoylik olimlar dunyodagi eng mustahkam shishasimon materialni ishlab chiqishdi. Ta'kidlanishicha, ushbu material olmosdan ham qattiqroq.
Yanshan universiteti olimlari AM-III deb shartli nomlangan yangi material “misli ko‘rilmagan” mexanik va elektron xossalarga egaligini, u o‘ta mustahkamligi va eskirishga bardoshliligi evaziga quyosh batareyalarida qo‘llanishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Material sinovi uning qattiqligi 113 gigapaskalga yetishini ko‘rsatgan. Vaholanki, dunyoda eng qattiq tabiiy mineral hisoblangan olmosning qattiqligi 50-70 Gpani tashkil qiladi.
“Bizning o‘lchashlar AM-III mustahkamligi bo‘yicha olmosdan ham oshishini ko‘rsatadi. Ushbu material keng qo‘llash uchun yaxshi istiqbolga ega”, deb aytishgan olimlar.
Olimlar fullerenlar – o‘zidan uglerodning 60ta atomidan iborat yopiq sferani akslantiruvchi molekulalarni qo‘llab, turli molekulyar tuzilishga ega shishasimon materiallar olishgan. Ular ichida AM-III atomlar va molekulalarning eng yuqori tartibiga ega bo‘lgan. Olimlar molekulalarning bunday tartibiga erishish uchun fullerenlarni maydalab, 12 soat davomida tajriba kamerasida 1200 daraja issiq va 25 gigapaskal bosim qo‘llab, bir-biri bilan aralashtirishgan.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024