Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bo‘yicha murojaatlarga 24 soat ichida munosabat bildirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
Hukumat qarori bilan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Nizom bilan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasining asosiy vazifalari belgilandi.
Milliy platforma orqali, jumladan:
- vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bog‘liq ma'lumotlar tezkor yig‘ilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishi ta'minlanadi;
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam beriladi;
- xotin-qizlarning o‘z huquqlari ta'minlanishi bo‘yicha murojaat qilishlari uchun yagona qulayliklar yaratiladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Milliy platformaning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformaga jamlanishi lozim bo‘lgan ma'lumotlarni vazirlik so‘roviga asosan taqdim etadi.
Mavzuga oid
18:41
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026