Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik harbiylar mamlakatni himoyalashga to‘liq tayyorligini ma'lum qildi
Eron harbiy-havo kuchlari mamlakat chegaralarini har tomonlama himoyalashga to‘liq tayyor, mamlakat havo hududi doimiy nazorat va kuzatuv ostida qolmoqda. Bu haqda Eron harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Aziz Nosirzoda ma'lum qildi.
Nosirzodaning ushbu bayonoti Arabiston dengizida Mercer Street tankeriga hujum qilinishi bilan bog‘liq oxirgi voqealar ortida yangradi. Bir qator g‘arb davlatlari, jumladan Isroil bu hujumda Tehronni ayblamoqda.
Iyul oxirida Liberiya bayrog‘i ostida harakatlangan Mercer Street tankeri Arabiston dengizida hujumga uchragandi. Kemani boshqaruvchi Zodiac Maritime kompaniyasi isroillik tadbirkor Eyal Oferga tegishli. Hujum oqibatida kema ekipajining ikki a'zosi halok bo‘lgan.
Isroil, AQSh, Britaniya va “Katta yettilik”ka kiruvchi boshqa davlatlar kemaga hujumda Eronni ayblagan. Isroil ushbu hujum bilan bog‘liq holda BMT Xavfsizlik kengashidan Tehronga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘ragan. Eron o‘ziga qo‘yilayayotgan ayblovlarni rad etib, ularni asossiz deb atamoqda.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026