Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida qalbaki valutani muomalaga kiritganlarga jinoiy ish ochildi
Toshkent shahri Olmazor tumani va Samarqand viloyati Narpay tumanida uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga qalbaki AQSh dollari bergan shaxslar aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.K. qalbaki dollarlarni muomalaga kiritgani aniqlangan. U o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida «OLX» internet savdo do‘koni orqali fuqaro R.ning iRhone 12Pro Max rusumli uyali aloqa vositasini xarid qilishga kelishib, uchrashgan vaqtida unga to‘lov uchun qalbaki 1 150 dollar berib ketgan.
Shuningdek, departamentning Narpay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.U. va boshqalar oldindan til biriktirib sotib olgan mahsuloti uchun qalbaki dollar bergani aniqlangan. Ular, fuqaro U.ning 2 dona Samsung A 21S rusumli uyali aloqa vositasining har birini 2 million so‘mdan xarid qilishga kelishib, 4 million so‘m o‘rniga qalbaki 400 dollar bergan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:49 / 02.01.2026
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025