Buxoro şahrida qalbaki puldan foydalanmoqçi bölgan şaxs qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan olib borilgan tekşiruvlarda Buxoro şahar Avşor mahallasida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan H.M. boşqa şaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, şahardagi «Rahmatillo» MÇJga tegişli bölgan savdo dökonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, 2 dona soxta 100 000 sömlik bilan hisob-kitob qilgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, viloyat IIB Ekspert kriminalistika bölimining xulosasiga köra, hujjatlaştirib olingan har ikkala 100 000 sömlik kupyura qalbaki ekanligi tasdiqlangan.
Ta'kidlanişiça, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoroda 100 va 50 ming sömlik qalbaki pullarni tayyorlab muomalaga kiritganlar qölga olindi
Bektemir tumanida qalbaki valutalarni muomalaga kiritgan şaxslar aniqlandi











