Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy tadbirkorlardan kommunal to‘lovlar uchun asossiz ravishda 1,5 mlrd so‘m undirilgan
Oilaviy tadbirkorlik sub'yekti o‘z turar joyidan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalansa, kommunal to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida to‘lashi belgilangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yil va 2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida oilaviy korxonalarga elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi (kanalizatsiya) tariflarining to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur davr mobaynida respublika bo‘yicha 1100 ga yaqin oilaviy korxonadan 1 mlrd 503 mln 600 ming so‘m, shu jumladan, 50 ta oilaviy korxonadan tabiiy gaz bo‘yicha 272,9 mln so‘m, 915 ta oilaviy korxonadan elektr energiyasi bo‘yicha 1 mlrd 204 mln 700 ming so‘m, 134 ta oilaviy korxonadan suv ta'minoti bo‘yicha 26,5 mln so‘m asossiz daromad olingani aniqlangan.
Ushbu holatlarda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bir qator oilaviy korxonalarga kommunal xizmatlar uchun tariflar qonun hujjatlarida belgilanganidan boshqacha tarzda noto‘g‘ri qo‘llanilgan.
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasida oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gaz ta'minoti va issiqlik ta'minoti) haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirilishi belgilangan. Yuqoridagi holatlarda mazkur qoidalarga amal qilinmagan.
Ta'kidlanishicha, hozirda mazkur ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini oilaviy korxonalarga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
22:47 / 14.01.2026