O‘zbekiston | 11:15 / 13.08.2021
2349
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidalarini buzib harakatlangan haydovchi ona va qizning o‘limiga sabab bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib harakatlangan haydovchi ikki ona va qizning o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 9 avgust kuni soat 16:50larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tgan 1195-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Lasetti mashinasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzgan holda harakatlangan va o‘zidan oldinda ketayotgan MAN rusumli yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda Lasettida ketayotgan yo‘lovchilardan biri og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida, ikkinchisi Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda haydovchi bir kun oldin spirtli ichimlik iste'mol qilgani aniqlangan. Vafot etganlar ayol va uning qizi bo‘lgan va ular Lasettiga yo‘lovchi sifatida o‘tirishgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid