Jahon | 19:46 / 13.08.2021
4809
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada turistlarga nisbatan koronavirus choralarini kuchaytirish rejalashtirilmoqda

Epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sababli turistlarga jamoat joylariga kirishda PZR test natijasini ko‘rsatish talabi qo‘yilishi mumkin. 

Foto: hurriyetdailynews

Turkiya hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli cheklovlarni kuchaytirishni mo‘ljallamoqda, deb yozadi Hürriyet Daily News.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida komendantlik soati kabi umummilliy cheklovlar joriy etish masalasi muhokama qilinmayapti. Ammo epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sababli turistlarga jamoat joylariga kirishda PZR test natijasini ko‘rsatish talabi qo‘yilishi mumkin. 

Aniqlik kiritilishicha, ushbu chora sentyabrning ikkinchi yarmidan joriy etiladi.

Qayd etilishicha, hukumat kuz fasliga borib koronavirus yuqtirish holatlari kuniga hozirgi 5 mingtadan 30 mingtagacha o‘sishini kutmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid