Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda suv toshqinlari sababli «qizil darajadagi xavf» e'lon qilindi
2700dan ortiq uy va do‘konlarga shikast yetgan, elektr ta'minoti, transport qatnovi va aloqa tarmoqlari ishdan chiqqan.
Xitoyning Xubey provinsiyasida suv toshqinlari sababli «qizil darajadagi xavf» e'lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 21 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, 6 ming kishi evakuatsiya qilingan. 2700dan ortiq uy va do‘konlarga shikast yetgan, elektr ta'minoti, transport qatnovi va aloqa tarmoqlari ishdan chiqqan.
Suychjou, Syanyan va Syaogan shaharlariga qutqaruv otryadlari yuborilgan.
Sinoptiklar kuchli yog‘ingarchiliklar hafta oxirigacha davom etishi haqida ogohlantirmoqda, Yanszi daryosi sohilidagi hududlarda suv toshqinlari ro‘y berishi mumkin.
Mavzuga oid
10:54 / 26.06.2026
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026