Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 5 nafar qochoq ota bir kunda topildi
Karmana va Navbahor tumanlarida farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment to‘lamasdan qochib yurgan qidiruvdagi 5 nafar ota topildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor va Karmana tumanlararo sudlarining ijro hujjatlariga asosan javobgarlar I.Ya., Z.R., S.N., Sh.Ye. hamda S.B.dan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan. MIB Navbahor tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan shu kunga qadar ijro harakatlari olib borilgan.
Ammo mazkur qarzdor otalar ogohlantirilishiga qaramasdan doimiy ravishda yashash manzilini o‘zgartirib, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Buning oqibatida ularning jami qariyb 40 million so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan.
Davlat ijrochisi tomonidan ushbu otalarga nisbatan qidiruv e'lon qilish haqida qaror qabul qilingan. Olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida qochoq otalar bir kunda topilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan ularga nisbatan 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Navoiyda xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan ota 32,4 million so‘m aliment to‘lagandi.
Mavzuga oid
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
14:58 / 17.12.2025
Navoiy IIBda 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
14:10 / 09.12.2025