O‘zbekiston | 16:51 / 16.08.2021
5868
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Turkiyadagi suv toshqinlari munosabati bilan Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, binolar va infratuzilma obektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.

Turkiya hukumati o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ulgurmasdan avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilib, suv toshqinlari yuzaga keldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 38 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘plab kishilar bedarak yo‘qolgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid