IIB munosabati: Mast holda mashina boshqargan fuqaroni IIBga olib borishga yaqinlari qarshilik ko‘rsatdi
"Neksiya" mashinasini spirtli ichimlik ichib boshqargan fuqaroni IIB bo‘limiga olib ketayotgan inspektorga yaqinlari qarshilik ko‘rsatgan va orada janjal kelib chiqqan.
IIB matbuot xizmatining keltirishicha, haydovi yonida bo‘lgan ayol ham jamoat tartibini buzib, IIB xodimlarini qonuniy talablariga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, inspektor haydovchini 1-sonli IIB binosiga olib kelayotgan vaqtda uning o‘g‘li hamda uning tanishi IIB xodimlari tomonidan boshqarib ketilayotgan "Neksiya-2" rusumli avtomashinani to‘xtashga majbur qilib, otasini olib ketilayotganligi uchun xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.
2021 yil 13 avgust' kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan fuqaroning avtotransport mashinasini mast holatda boshqarganligi uchun unga nisbatan 1 yil 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum etish va ba'zaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Voqeada ishtirok etgan boshqa fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-moddasi 1-qismlari bilan malakalanib, ularning har birlariga nisbatan ba'zaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida 735.000 so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
15:11 / 24.08.2024
Samarqandda mast haydovchi ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
12:47 / 29.05.2024
Jizzaxda mast haydovchi birovning savdo do‘konini buzib tashladi
10:32 / 29.03.2024
Jizzaxda yana bir mast haydovchi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
16:22 / 10.03.2024