Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida haydovçi mast qiluvçi içimlik ta’sirida maşina boşqarib ikki kişining ölimiga sababçi bölgan. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida xabar berilgan.
Ma’lum bölişiça, 2024 yil 17 avgust kuni mast qiluvçi içimlik iste’mol qilib Lasetti maşinasini boşqargan haydovçi Kattaqörğon tumanidagi içki yöllardan birida boşqaruvni yöqotgan.
Söng maşina fuqarolardan biriga tegişli uyning darvozasiga zarb bilan urilgan. Oqibatda maşinada yölovçi sifatida ketayotgan ikki nafar keksa yoşdagi fuqaro oğir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bölgan. Yana ikki kişi tan jarohatlari olgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








