2025 yil 25 sentabr kuni soat 23:20 larda Baliqçi tumani "Markaz MFY" hududidagi tartibga solingan çorrahada yöl-transport hodisasi yuz bergan.

2004 yilda tuğilgan haydovçi A.D. (haydovçilik guvohnomasiga ega emas) mast holda özining “Nexia-2” rusumli transport vositasini “Çinobod - Baliqçi” yönalişi böylab harakatlanib ketayotib, oraliq masofa saqlay olmasdan, oldinda svetoforning qizil işorasida töxtab turgan “Kobalt” va “Nexia-3” rusumli transport vositalari orqa qismiga borib urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Uşbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yöq, transport vositalari texnik şikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Baliqçi tumani IIB YHXX xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uçun, transport vositasini mast holda boşqariş BHMning 40 baravarida jarima solişga hamda transport vositasini 3 yilgaça boşqariş huquqidan mahrum etiş jazosi belgilangan.