“QXVga ma'lumotlarni doim berib boramiz” - “O‘zgidromet” rahbari mevali daraxtlarni sovuq urib ketayotgani haqida
17 avgust kuni Gidrometeorologiya xizmati markazi matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Anjumanda mas'ullarga “O‘zgidromet” va Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik yetarli darajada emasligi sabab har yili ekinlarni sovuq urayotgani va iqtisodiyotga katta zarar yetayotgani haqida savol berildi.
“O‘zgidromet” bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayevga ko‘ra, xizmat tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ob-havo ma'lumotlari doimiy tarzda avvaldan taqdim etib boriladi.
“Biz Qishloq xo‘jaligi vazirligiga talab darajasida doimiy tarzda ma'lumotlarni berib boramiz. Bu yillar davomida kelgan. Bizda 100 yildan beri kuzatuv bor.
Biz hozir boshqacha prinsipga o‘tdik va bu yaxshi natija beryapti. Unga ko‘ra, biz to‘g‘ridan to‘g‘ri klasterlar va yirik fermerlar bilan ishladik. Bunda ularning iqtisodi yaxshilandi, daromadi oshdi.
Bu yerda bizdayam kamchilik bor. Biz xizmatimizning mijozbopligini yo‘qotganmiz. Avvallari bizning qishloq xo‘jaligidagi ishimiz asosan yirik maydondagi ekinlar uchun moslashgan bo‘lgan.
Biz endilikda portaldagi ma'lumotlarni ekiladigan ekinga qarab ishlatishga o‘tishimiz kerak. Bizga bu yil agrar yo‘nalishdagi 12 ta meteostansiya kelyapti. Bu bilan bizda xizmat turi 9 tadan 13 taga ko‘payadi.
Biz o‘z ishimizni shartnomaviy qilamiz deganimda ko‘pchilik asosiy maqsad pul deb o‘yladi. Yo‘q, pul emas, mijozboplikni oshirish. Dehqon qanday urug‘ ekishidan qat'i nazar, bizning ma'lumotlardan manfaatdor bo‘lishi kerak. Yevropada shunga o‘tib bo‘lingan.
Bu yil sentyabrdan biz sohada o‘zgarish ko‘rsatamiz”, – dedi Sherzodxo‘ja Habibullayev.
Mavzuga oid
14:59 / 23.11.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasiga Belgiya tajribasi joriy etiladi
12:32 / 23.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
11:11 / 23.11.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
10:24 / 23.11.2024