O‘zbekiston | 11:40 / 17.08.2021
10923
1 daqiqa o‘qiladi

Sug‘oriladigan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik o‘rnatildi

“Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, xalq deputatlari kengashi hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish va prokuror protest keltirishi mumkinligi belgilandi.

Sug‘oriladigan yerni qurilish qilib o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik (2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) o‘rnatildi.
 
Sug‘oriladigan yerni sotish yoki uni qonunga xilof tarzda o‘zgaga berish uchun javobgarlik belgilandi. Unga ko‘ra, ushbu harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llaniladi. 

Qonun bilan yerga oid qonunchilikni buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid