Prezident Şavkat Mirziyoyev şaharsozlik va urbanizatsiya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar samaradorligini oşiriş böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda quriliş sohasidagi mavjud muammolar tahlil qilinib, noqonuniy va ruxsatsiz qurilişlar, quriliş muddatlarining sun’iy ravişda uzaytirilişi hamda yer uçastkalaridan samarasiz foydalaniş holatlari saqlanib qolayotgani qayd etildi.



Ma’lum qilinişiça, amaldagi jarimalarning ta’sirçanligi yetarli emas. Faqat 2025 yilning özida 1 952 ta noqonuniy quriliş holati aniqlangan. Şu munosabat bilan sohadagi huquqbuzarliklar uçun moliyaviy sanksiyalarni kuçaytiriş taklif etildi.



Şuningdek, uluşli quriliş sohasida ham huquqbuzarliklar köpayib borayotgani ta’kidlandi. Ötgan yili mazkur sohadagi qonunbuzilişlar oqibatida qariyb 3 ming nafar fuqaroga 668 milliard sömlik zarar yetkazilgan.

Fuqarolar mablağlarini himoya qiliş maqsadida uluşli qurilişni moliyalaştirişning yangi tizimi — eskrou hisobvaraqlarini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bunda xaridorlar mablaği maxsus bank hisobvarağida saqlanadi va quriliş belgilangan şartlar bajarilganidan keyingina quruvçiga ötkaziladi.

Taqdimot yakunida mutasaddilarga şaharsozlik sohasida şaffoflikni ta’minlaş, quriliş jarayonlarini raqamlaştiriş, noqonuniy qurilişlarga qarşi çoralarni kuçaytiriş hamda fuqarolar huquqlarini işonçli himoya qiliş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.