23:40 / 18.08.2021
2282

Qarshida “Lasetti” mashinasi yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida “Lasetti” mashinasii yonayotganligi aks etgan video tarqaldi. Hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat taxminan 20:33 larda Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga shaharning Mustaqillik shohko‘chasida “Lasetti” mashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga Qarshi shahar FVB 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 1 ta bo‘linma soat 20:35 da yetib borgan. Soat 20:41 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in oqibatida “Lasetti” to‘liq yonib ketgan va jiddiy zarar ko‘rgan. Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top