Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi ko‘rinishdagi 5 000 va 10 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi
Markaziy bank tomonidan yangi ko‘rinishdagi 5 000 so‘mlik va 10 000 so‘mlik banknotalar chiqariladi.
Markaziy bank tomonidan yangi ko‘rinishdagi 5 000 (besh ming) so‘mlik va 10 000 (o‘n ming) so‘mlik banknotlar chiqariladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
19 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisini 2021 yil 26 avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Majlis davomida yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalar, shu jumladan banknot haqida e'lon qilingan.
«Kengash majlisida Markaziy bank tomonidan yangi ko‘rinishdagi 5 000 (besh ming) so‘mlik va 10 000 (o‘n ming) so‘mlik banknotlarning chiqarilishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi», deyiladi Senat xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2013 yil iyunida 5 ming so‘mlik, 2017 yil martida 10 ming so‘mlik banknotlarni muomilaga kiritgandi.
10 ming so‘mlikning hozir amalda bo‘lgan ko‘rinishida O‘zbekiston Respublikasi Senat binosi, 5 ming so‘mlikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tasvirlangan. Senat tashqi ishlar vazirligining eski binosiga ko‘chib o‘tishi rejalashtirgan. Banknot dizayni o‘zgarishi shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:30 / 06.06.2026
Mobil telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish tizimi ishga tushadi. U qanday ishlaydi?
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026