Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrga qadar har bir hududda kamida mingtadan yer maydoni sotuvga chiqariladi
Bundan buyon davlat mulki obektlari, ular joylashgan yer bilan birga, yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Binoni sotib olgan tadbirkorlar unga biriktirilgan yerga ham xususiy mulk huquqi asosida egalik qiladilar. Tasdiqlangan dasturga qo‘shimcha ravishda, yil yakuniga qadar yana 500 ta davlat aktivlari ochiq savdoga chiqariladi. Fursatdan foydalanib, hurmatli tadbirkorlarimizni ushbu savdolarda, faol ishtirok etishga chaqiraman.
Bundan keyin, yangi yer maydonlarini auksionga chiqarishdan oldin hudud rivojlanishining aniq rejasini tuzib olishimiz zarur. Ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganganimizda, birorta mamlakatda yer maydonlarini rejasiz berib yuborish mumkin emasligiga guvoh bo‘ldik. Oldin aniq hudud tanlab olinib, uning “master-plani” ishlab chiqiladi. Qayerda uy, qayerda maktab, qayerda ishlab chiqarish bo‘lishi aniq belgilanib, infrastruktura olib kelish rejasi tuziladi. Shundan keyingina, yer uchastkalari aniq loyiha bilan savdoga chiqariladi. Shuning uchun, viloyat hokimlari kadastr va arxitektura idoralari bilan birga, ushbu tajriba asosida ishlarni tashkil etishlari, aniq hududni belgilab, rejasini tasdiqlab, keyin yerlarni auksionga qo‘yishlari lozim.
Shuningdek, har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Qo‘chqorov, viloyat hokimlari va iqtisodiy kompleks bilan birga, joriy yil 1 noyabrga qadar, har bir hududda kamida mingtadan yer maydonini sotuvga chiqarsin. Shuningdek, magistral yo‘llar bo‘yida, loyiha asosida, har bir hududdan kamida 200 tadan yer maydoni auksionga qo‘yiladi”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025