Johnson & Johnson bosh direktori yil oxirida iste'foga chiqadi
Johnson & Johnson kompaniyasi bosh direktori Aleks Gorski iste'foga chiqishini e'lon qildi. 2022 yil yanvardan uning o‘rnini kompaniyaning ijroiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari, kompaniyada 32 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Xoakin Duato egallaydi.
May oyida 61 yoshga to‘lgan Gorski kelgusida ijrochilik vazifalariga ega direktorlar kengashi rahbari lavozimini egallaydi.
Gorski Johnson & Johnson’ga 9 yil rahbarlik qilgan. U bosh direktor lavozimidan ketishi haqidagi bayonotida endilikda e'tiborini oilaviy ishlarga qaratmoqchiligini ma'lum qilgan.
Kompaniya Gorskining rahbarligi vaqtida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko‘paytirgan va o‘z moliyaviy holatini mustahkamlagan. Hozirda kompaniya dori-darmondan tortib kontakt linzalar va gigiyena vositalarigacha bo‘lgan turli-tuman mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Kompaniyaning 2021 yil 2-choragidagi savdolari hajmi 27 foizga oshib, 23,3 mlrd dollarga yetgan. Uning kapitallashuvi hozirda 470 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Shu bilan birga, Gorski rahbarligi vaqtiga kompaniyaga qarshi bir nechta uzoq davom etgan tortishuvlar to‘g‘ri kelgan. Shu yil iyul oxirida kompaniya “opiod epidemiyasi” ishi bo‘yicha 5 mlrd dollar kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezidentlar nega qasamyod qiladi?
Jahon | 23:29 / 21.01.2025
-
Samarqandda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 23:18 / 21.01.2025
-
Lukashenko Belarusda internetni cheklamaslikka va’da berdi
Jahon | 23:10 / 21.01.2025
-
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Mavzuga oid
21:09 / 14.06.2021
AQShda Johnson & Johnson’ning 60 million doza vaksinasi yo‘q qilib yuboriladi
18:10 / 29.05.2021
Buyuk Britaniya Johnson & Johnson kompaniyasining bir dozalik vaksinasini ma'qulladi
22:32 / 03.05.2021
Daniya Johnson & Johnson vaksinasini qo‘llashdan voz kechdi
18:29 / 14.04.2021