O‘zbekiston | 13:12 / 20.08.2021
14282
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘tgan 5 yil davomida o‘zim ham ko‘p narsani o‘rgandim» – Shavkat Mirziyoyev

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida Samarqand bilan bog‘langan prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar vakolati haqida to‘xtaldi.

“Mana, samarqandlik tadbirkorlar hisob raqamida bir necha millionlab dollar pullar bor. Haloli bo‘lsin, bundan ham ko‘paysin. Oldin hisobida buncha pul bo‘lsa, darrov “maski shou” bo‘lib ketardi. 

Samarqandda yer sotish ko‘payib ketdi, bir necha hokimlar ham bu ishga aralashib qoldi. Prokuror ma'lumot keltirganida men majbur bo‘ldim qo‘l qo‘yishga. Chunki jinoyat bo‘lsa jazo muqarrar!

Shuning uchun ham hokimlar vakolatini qisqartirib, asta-sekin jamoatchilikka beraman. Men o‘zim o‘tgan 5 yilda ko‘p narsani o‘rganib bildim.

“Samarqand tadbirkor yoshlar makoni” degan ibora kuchga kiradi hali. Mulkdor bo‘linglar! Sizlar qancha ko‘p mulkdor bo‘lsangiz, islohotlarga befarq bo‘lmaysiz”, dedi prezident.

Avvalroq, prezident bundan buyon davlat mulki obektlari, ular joylashgan yer bilan birga, yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotilishini ma'lum qilgandi. 

Shuningdek, har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid