O‘zbekiston | 12:04 / 20.08.2021
5297
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yana issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida oxirgi 2 kun ichida boshlangan harorat ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftaning oxiri va ushbu haftaning boshida havo harorati 3-5 darajaga pasayishi bilan O‘zbekiston aholisini xursand qilgan salqin havo o‘rniga issiq havo massasi kirib keladi.

Kecha tushdan keyin kunduz kungi havo harorati o‘zining me'yoriy qiymatlariga yetdi, bugun va dam olish kunlarida esa kunduz kunlari havo 36-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Kechalari harorat ko‘tariladi, yakshanba kuniga kelib, harorat 20-22 daraja qiymatiga yetadi. Dam olish kunlarida harorat me'yordan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.

Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi o‘rtacha bo‘ladi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid