Sport | 22:31 / 22.08.2021
7314
1 daqiqa o‘qiladi

APL. «Chelsi» safarda «Arsenal»ni mag‘lub etdi, Lukaku qaytishini gol bilan nishonladi

Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi. 

«Ko‘klar» safiga qaytgan Romelu Lukaku tezkor goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Ris Jyeyms farqni ikkitaga yetkazdi.

«Chelsi» ochkolarini 6taga yetkazib, turnir jadvalida «Liverpul» bilan peshqadamlik qilmoqda. Ochkosiz «Arsenal» 19-pog‘onaga tushdi. 

APL. 2-tur
Arsenal — Chelsi 0:2

22 avgust, «Emireyts»
Gollar: Lukaku (15), Jyeyms (35).
Arsenal – Leno, Soaresh, Mari, Holding, Tirni (Tavaresh, 66), Jaka, Lokonga, Smit-Rou, Saka (Obameyang, 61), Pepe, Martinelli (Balogun, 79). 
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich (Kante, 72), Jorjino, Maunt (Ziyosh, 83), Haverts (Verner, 90), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Mari (34), Holding (45), Lokonga (67).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid