Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Afg‘onistonga yordam yetkazish uchun zudlik bilan havo yo‘lagi ta'minlanishini talab qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti millionlab yordamga muhtoj afg‘onlarga zarur yordam ko‘rsatilishi uchun zudlik bilan ta'minlanishini talab qildi.
Foto: Reuters
JSSTda ta'kidlanishicha, Afg‘onistonga joriy haftada yetkazilishi kerak bo‘lgan 500 tonna dori-darmon, jumladan, jarrohlik qurilmalari va to‘yib ovqat yemaslik asoratlarini davolash uchun to‘plamlar Kobul aeroportidagi cheklovlar sababli yetkazilmay qolib ketmoqda. Boshqa insonparvarlik tashkilotlari ham shunday muammolarni his qilmoqda.
JSST Afg‘onistonga muntazam ravishda va hech qanday to‘siqlarsiz yordam yetkazish imkonini beradigan havo yo‘lagi ajratilishini talab qilmoqda.
Tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy direktori Richard Brennanning aytishicha, Afg‘onistonning deyarli yarim aholisi – 18,5 mln kishi insonparvarlik yordamiga ko‘z tikib turibdi va ularning ehtiyojlari qurg‘oqchilik sababli yanada ko‘payadi. Biroq Kobul aeroportining yopilishi yordam yetkazilishini ortga surmoqda.
“Butun dunyodagi nigohlar Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan odamlar va uchib ketayotgan samolyotlarga qadalgan bir paytda biz ortda qolganlarga yordam berish uchun zaxiralarni yetkazishimiz kerak”, deb aytgan Brennan.
Ta'kidlanishicha, JSSTning toliblar hokimiyatni egallagan ilk kunlardagi ustuvor vazifasi xodimlari xavfsizligini ta'minlash bo‘lgan, biroq hozirda tashkilot butun e'tiborini Afg‘onistonda qolayotgan millionlab odamlarga yordam berishga to‘liq qaratgan.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025