Hozirda aynan qança samolyot va vertolyot toliblar ixtiyoriga ötgani haqida aniq ma'lumot yöq. Birinçidan, afğon harbiylari çekiniş oldidan aviatsiya texnikalarining bir qismini yakson qilgan bölişi mumkin. Ikkinçidan, önlab uçiş qurilmalari qöşni mamlakatlar hududiga olib ötilgani ma'lum.

Şunday bölsa-da, toliblar öz qölidagi aviatsiya bilan ham uşbu hududdagi jangovar harakatlar uçun qulay bölgan şturmoviklar (hujumkor qiruvçi samolyotlar) va vertolyotlar orqali kerakli samaradorlikka erişişlari mumkin.

Endi asosiy masala - toliblar aviatsiyaga xizmat körsatuvçi personalni, kerakli ehtiyot qismlarni va eng muhimi, qurilmalarni havoga kötariş uçun uçuvçilar tarkibini topa oladimi?

Afğon harbiylari taşlab ketgan öljalar
Afğonistonni tiklaş böyiça maxsus boş inspeksiyaning Amerikadagi ofisi ma'lumotlariga köra, Afğoniston harbiy-havo kuçlari tarkibida 2021 yil 1 yanvar holatida 162ta uçiş qurilmasi bölgan. Lekin ularning barçasi soz holda bölmagan.

MD-530 vertolyotlarini ehtiyot qismlarsiz köp vaqt yaroqli holatda saqlab turiş imkonsiz

Xuddi şu manba ma'lumotiga köra, yil boşida mamlakat harbiy-havo kuçlarida uçişga yaroqli 50ta samolyot bölgan: 17tasi A-29 (Embraer EMB 314 Super Tucano) yengil şturmoviklari va 10ta bir motorli turbovintli AC-208 Combat Caravan yengil zarbdor samolyotlar, şuningdek, 21ta S-208 Cessna Caravan rusumli yengil transport samolyoti va 2ta S-130 Hercules rusumli harbiy-transport samolyoti. Bundan taşqari, armiyada 86ta uçişga yaroqli vertolyotlar bölgan: Rossiyada işlab çiqarilgan 12ta Mi-17 rusumli transport vertolyoti, 38ta MD 530F va 36ta UH-60 Black Hawk vertolyotlari.

Bundan taşqari, maxsus topşiriqli bölinmalar ixtiyoridagi aviatsiya qismlarida ham bir qança uçiş apparatlari bölgan, ammo bu böyiça ma'lumotlar oşkor etilmagan va bu uçiş apparatlari soni qança bölgani ma'lum emas.

Zamonaviy afğon aviatsiyasidagi barça uçiş apparatlari AQŞ tomonidan yetkazib berilgan, Rossiya tomonidan işlab çiqarilgan vertolyotlar ham.

Toliblar qöliga ötgan ilk afğon harbiy vertolyotlari tasvirlari internetda bir hafta muqaddam, toliblar Qunduz, Qandahor va Hirotdagi aviabazalarni egallagaç paydo bölgandi. Fotosuratlar va videoyozuvlarda Mi-17, MD 530F, UH-60 vertolyotlari hamda katta bölmagan S-208 transport samolyoti aks etadi, ularning yuzasida Afğoniston HHK ramzlari aks etgan.

Videolardan birida Rossiyada işlab çiqarilgan Mi-35 vertolyotini köriş mumkin, bu video Qunduzda olingan. Bu tipdagi vertolyotlar böyiça ma'lumot amerikaliklarning hujjatlarida aks etmagan, ammo videodagi vertolyotning parraklari yeçib olinganini köriş mumkin, uning uçişga yaroqliligini ham aniqlab bölmaydi.

Internetga joylangan videolarda köringan apparatlarning aksariga baho beriş qiyin - ular qayerda turganini (uçiş maydonida yoki angarda) aniqlab bölmaydi. Ayrimlari havoga kötariliş holatida emasligi yaqqol körinadi - ular jiddiy şikastlangan yoki qismlari yeçib olingan.

Bir holatda esa ikkita Mi-17 varraklari aylanib turgan holatda köringan. Video annotatsiyasida bu vertolyotlar Hirotda qölga olingani aytiladi.

Yana bir suratda toliblar Super Tucano şturmoviki oldida turgani ask etgan. Suratga u Mozori-Şarifda olingani ilova qilingan.

Şimolga qoçiş
16 avgust kuni Tojikiston hududiga Afğonistondan bir neça samolyot uçib ötdi - afğon armiyasi harbiy xizmatçilari toliblar hujumidan samolyotlarda çekinişgandi. Samolyotlar çorasiz qolişgani haqida signal yöllab, qönişga ruxsat söraşgan. New York Times ma'lumotiga köra, Tojikiston çegarasidan beş samolyot ötgan.

16 avgust kuni esa Özbekiston boş prokuraturasi 14-15 avgust kunlari mamlakat hududiga Afğonistondan 22ta harbiy samolyot va 24ta vertolyot kirib kelgani, ularda jami 585 nafar harbiy xizmatçi bölgani haqida ma'lum qildi.

UH-60 Black Hawk Afğonistonda köp maqsadlar uçun, asosan yaradorlarni evakuatsiya qiliş uçun qöllangan.

Şu bilan birga, afğon samolyotlaridan biri - EMB 314 Super Tucano havoda uni qöriqlab kelayotgan MiG-29 (Özbekiston samolyoti) bilan töqnaşib ketgani, uçuvçilar katapulta orqali qutulişga muvaffaq bölgani xabar qilindi.

Özbekiston boş prokuraturasi telegram kanalida joylangan bu ma'lumot keyinroq öçirib taşlandi - bu ma'lumot oxirigaça tekşirilmagani bilan izohlandi.

Bu afğon harbiy xizmatçilari çegaradan taşqariga qoçişi bilan boğliq yagona holatlar emasdi - bungaça quruqlik orqali ham yuzlab harbiy xizmatçilar Tojikiston va Özbekiston hududiga ötişgandi. Ularning orasida qançasi Afğoniston HHK harbiy xizmatçilari, aviabazalar xodimlari va uçuvçilar bölgani ma'lum emas.

Samolyotlardagi toliblar
Bir vaqtlar «Tolibon»ning öz harbiy-havo kuçlari ham bölgan.

1992 yilda Muhammad Najibullo rejimi qulagaç, öşa vaqt uçun kiçik bölmagan aviatsiya toliblar qöliga ötadi. Öşanda toliblar bir neça qiruvçi samolyotlarni - MiG-21MF rusumli yengil samolyotlar hamda zarba berişga möljallangan Su-22 rusumli oğir samolyotlarni qölga kiritgan. Bundan taşqari, ularning qölida Mi-8 vertolyotlari, turli tipdagi transport samolyotlari va L-39 rusumli harbiy öquv samolyotlari ham bor edi.

Noma'lum şaxs toliblar hukumati harbiy-havo kuçlari ramzlari aks etgan eski MiG-21 fonida suratga tuşmoqda. Bu surat 2010 yilda Hirot aerodromida olingan.

Oxir-oqibat bu aviatsiya yoki vaqt ötişi bilan texnik xizmat körsatilmasligi tufayli işdan çiqqan yoki 2001 yilda amerikaliklarning havo hujumlari natijasida yöq qilingan.

Toliblar qiruvçi samolyotdan foydalangani bilan boğliq kamida bitta holat ma'lum. 1995 yil 3 avgustida "Tolibon"ning MiG-21MF rusumli samolyoti rossiyaliklarning Şimoliy Alyans uçun öq-dori taşigan Il-76TD rusumli harbiy-transport samolyotining yölini tösgan.

Toliblar bu samolyot va ekipajini bir yildan oşiq vaqt davomida asirlikda saqlaşgan, uçuvçilar samolyotga texnik xizmat körsatiş vaqtida dvigatelni yoqib, uçib ketişga muvaffaq bölişgan.

Agar afğon aerodromlarida qoldirilgan samolyotlar va vertolyotlar foydalanişga yaroqli bölsa, bu toliblarning kuçini qay darajada oşiradi?

Partizanlarga qarşi harbiy-havo kuçlari

Rossiya fanlar akademiyasi Uzoq Şarq instituti katta ilmiy xodimi Vasiliy Kaşinning fikriça, har qanday holatda ham Afğoniston HHK samolyotlari oğir transport samolyotlarini töxtatişga qodir emas: «Amerikaliklar bu masalaga aql bilan yondaşişgan. Ular aviatsiyadan afğonlarga yoki transport maşinalarini, yoki razvedkaga ixtisoslaşgan samolyotlarni berişgan, jangovar samolyotlar berişsa ham bu faqat isyonçilarga qarşi kuraşişga ixtisoslaşganlarini berişgan».

Uning hisoblaşiça, toliblar uçiş apparatlarini yaroqli holatda saqlay olişsa ham, ular qöşni davlatlarga bu samolyotlar bilan tahdid sola olişmaydi.

Braziliyaning Embraer korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan A-29 rusumli turbovintli şturmovik xuddi EMB 314 Super Tucano yoki AC-208 Combat Caravan kabi asosiy xususiyati - uzoq vaqt davomida uça olmaydigan va qimmat bölmagan samolyotlardir. Uşbu samolyotlar xuddi MD 530F, Mi-17 va UH-60 Black Hawk vertolyotlari kabi havo hujumidan mudofaa qobiliyati kuçli bölmagan quruqlikdagi nişonlarga qarşi kuraşiş uçun möljallangan.

Afğoniston HHK Mi-17 vertolyoti

«Jangovar aviatsiya qarşisida ular ilojsiz qoladi. Bu maşinalar havo jangida qatnaşa olmaydi va özlarini himoya qila olmaydi», degan Kaşin.

Uning sözlariga köra, bu aviatsiya parki toliblarga faqat Afğoniston hududida operatsiyalar ötkaziş uçun yaraşi mumkin. Agar ular vertolyotlar va samolyotlarni havoga kötara olişsa, ulardan hokimiyatni mustahkamlaş maqsadida foydalanişlari mumkin.

Katta qismini toğlar egallagan Afğonistonda transport aviatsiyasi harbiy kuçlar mobilligi va jangovarligini kötarişga yordam beradi.

Texnik xizmat körsatiş
Toliblar samolyotlarni uçişga yaroqli holatda qölga kiritgan bölişsa ham, ularning qarşisida bu qurilmalarga doimiy texnik xizmat körsatib boriş muammosi çiqadi.

Xalqaro masalalar böyiça Rossiya kengaşi a'zosi, harbiy ekspert Ilya Kramnik BBC rus xizmati bilan suhbatda aytişiça, Afğoniston HHK tarkibida faqat ikki tipdagi havo kemalariga amerikalik mutaxassislar iştirokisiz töliq texnik xizmat körsatiş imkoni mavjud - Mi-17 vertolyotlari (va uning bazaviy modifikatsiyasi Mi-8) hamda S-208 Cessna Caravan.

Afğon harbiy-havo kuçlarida A-29 şturmoviklari ham bölgan, ammo ularga amerikalik mutaxassislar texnik xizmat körsatgan.

Mi-17 afğonlarga mamlakatga sovet harbiylari kirib kelgan davrlardan buyon yaxşi taniş, S-208 Cessna Caravan rusumli yengil transport samolyoti esa xuddi şu nomdagi fuqarolik aviatsiyasi uçun möljallangan samolyotlardan deyarli farq qilmaydi.

Ekspertning hisoblaşiça, qolgan samolyotlar va vertolyotlar toliblar qöliga tuşgan vaqtda töliq yaroqli bölgani dargumon.

«U yerdagi mutaxassislarning baholariga köra [Afğoniston HHK] iyun oyi oxirida aviatexnikalarning texnik tayyorgarlik darajasi keskin tuşib ketgan. Amerikaliklar keta boşlagandi, şu jumladan, texnikalarni foydalaniş uçun tayyorlab kelgan amerikalik mutaxassislar ham», deydi u.

Kramnikning hisoblaşiça, afğon aviatsiya mutaxassislari toliblar bilan hamkorlik qilişni istamagan: «Birinçidan, bu yigitlar mafkuraviy jihatdan toliblarni yoqlamaydi, ikkinçidan, ularda uçib ketiş uçun vosita bölgan va allaqaçon uçib ketişgan».

Vasiliy Kaşinning fikriça, AQŞ Amerikada işlab çiqarilgan vertolyotlar uçun ehtiyot qismlar bozorini kuzatib borişi hamda ular Afğonistonga yetkazilişiga tösqinlik qilişi mumkin.

Ammo Mi-17 va fuqarolik aviatsiyasi bazasidagi Cessna Caravan uçun texnik xizmat körsatişda muammolar bölmaydi. «Bunda asosiy masala şundaki, ular texnik va uçuvçilar topa olişi. Eslaş mumkinki, 11 sentyabr voqealariga qadar toliblar avvalgi afğon armiyasi texnikalarining katta qismidan foydalana olişgandi. Hatto MiG-21 kabi vertolyotlarni ular qançadir vaqt davomida işçi holatda saqlab turişgan. Demak, bu safar ham uddalaşadi», deydi u.

Kaşinning hisoblaşiça, toliblar aviaparki qisqarib boradi, ammo turliça tezlikda - Amerika işlab çiqargan vertolyotlar va samolyotlar tezda işdan çiqsa, uşbu mintaqada ehtiyot qismlar va mutaxassislar topilişi muammo bölmagan Mi-17 vertolyotlari esa sekinroq.

Qoçqinlar
Bir tomondan, Tojikiston va Özbekistonga aynan qanday rusumdagi samolyotlar va vertolyotlar olib ketilgani borasida aniq ma'lumotlar yöq. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Afğoniston HHK aviaparkining törtdan bir qismi çegaradan taşqariga olib ketilgan.

Boşqa tomondan - Özbekiston boş prokuraturasining keyinroq rad etilgan ma'lumotida hamrohlik qilayotgan qiruvçi samolyotga töqnaşib ketgan EMB 314 Super Tucano rusumli samolyot haqida gap boradi.

Şuningdek, taxmin qiliş mumkinki, 22 samolyot va 22 vertolyot orqali 585 nafar harbiy Özbekiston hududiga ötgani rost bölsa, ular transport samolyotlaridan foydalangan.

Bu harbiy uçuvçilar öz transport vositalari orqali boşqa mamlakat hududiga qoçib ötişi bilan boğliq ilk holat emas. 1991 yilda AQŞ va uning ittifoqçilari «Sahrodagi böron» amaliyotini boşlagaç, önlab iroqlik harbiy uçuvçilar yoppasiga qöşni Eron hududiga uçib ötişgandi.

Eron bu samolyotlarni özida qoldirgan, ularning ayrimlari, masalan, Il-76 rusumli harbiy-transport samolyoti hamon parvozlarni davom ettirmoqda.

Vasiliy Kaşinning hisoblaşiça, hududiga afğon samolyotlari qöngan mamlakat hukumati yuridik asos topa olsa, bu samolyot va vertolyotlarni özida qoldirişga harakat qiladi.

Uning sözlariga köra, bu birinçi navbatda Mi-17 vertolyotlariga taalluqli: «Özbekiston - sovetlarning Mi-8 vertolyotlaridan foydalanib keladi. Ular uçun bu qurilmalar qimmatga ega. Ularda tayyor mutaxassislar, ehtiyot qismlar zaxirasi va infratuzilma bor. Oliş va foydalaniş mumkin, faqat siyosiy masalalarni hal etiş kerak». Albatta, Afğonistonga bu oilaga mansub vertolyotlarning sönggi modifikatsiyalari yetkazib berilganini ham inobatga oliş kerak.

Ekspertning hisoblaşiça, Afğonistonga qöşni bölgan mamlakatlar, xususan Özbekiston AQŞ bilan yaxşi munosabatlarga egaligidan kelib çiqib, amerikaliklar tomonidan bu qurilmalarga texnik xizmat körsatişda yordam taqdim etilişini kutiş mumkin.